1. Umumiy qoidalar
Ushbu shartlar Bozor Narxida (keyingi o'rinlarda — BN yoki Platforma) onlayn marketplace xizmatidan foydalanish qoidalarini belgilaydi. Platforma For Humo loyihasining bir qismi hisoblanadi. Foydalanuvchi hisob yaratish yoki platformadan foydalanish orqali ushbu shartlarga rozilik bildiradi.
2. Foydalanuvchilar toifalari
- Xaridor — mahsulot ko'radi, savatga qo'shadi, buyurtma beradi.
- Sotuvchi — Toshkent bozorlari va do'konlaridagi mahsulot egasi bo'lib, admin tomonidan tasdiqlangandan keyin BNda o'z do'konini yuritadi.
- Admin — For Humo jamoasi vakili, arizalarni ko'radi va mojarolarni hal qiladi.
3. Hisob va identifikatsiya
BNda ro'yxatdan o'tish Google orqali amalga oshiriladi (Humo ID). Har foydalanuvchi UZ+7 raqamli noyob Humo ID oladi. Sotuvchi bo'lish uchun qo'shimcha ariza to'ldirilib, admin tomonidan tasdiqlanishi shart.
4. Xarid va to'lov
- Xaridor mahsulotni tanlaydi va buyurtma beradi.
- To'lov summasi eskrow (kafolat) rejimida ushlanadi.
- Yetkazish yoki olib ketishdan so'ng xaridor "Ko'rib qabul qilish" oynasidan foydalanishi mumkin (INSPECT).
- Buyurtma COMPLETED holatiga o'tgach mablag' sotuvchiga o'tadi (komissiya ushlab).
5. INSPECT — ko'rib qabul qilish
Yetkazishda xaridor mahsulotni 24 soat davomida tekshirish huquqiga ega. Mahsulot elonda ko'rsatilganidan farq qilsa yoki nuqsonli bo'lsa, xaridor rad etadi va mablag' to'liq qaytariladi. Bu funksiya faqat sotuvchi tomonidan yoqilgan mahsulotlarda ishlaydi.
6. Man qilinadigan mahsulotlar
- Qonun bilan taqiqlangan yoki litsenziya talab qiladigan tovarlar (dori, qurol, alkogol, sigareta).
- Kontrafakt yoki qalbaki brend mahsulotlari.
- Buzuq yoki xavfli mahsulotlar.
- Adabsiz yoki kamsituvchi kontent.
Admin va AI moderatsiya bunday mahsulotlarni yashiradi. Qayta buzilishlarda hisob bloklanadi.
7. Sotuvchi mas'uliyati
- Mahsulot rasmi va tavsifi haqiqatga to'g'ri bo'lishi shart.
- Buyurtma qabul qilingandan keyin belgilangan muddatda yetkazish yoki topshirish.
- Xaridorning shikoyatiga adekvat javob berish.
- Do'konning ish soati va manzili yangilanib turishi.
8. Platform mas'uliyati chegarasi
BN — do'kon va xaridor o'rtasidagi vositachi. Mahsulot sifati uchun sotuvchi javob beradi. Platforma to'lovni himoya qiladi (eskrow), mojarolarni ko'radi va zarur bo'lsa mablag'ni qaytaradi.
9. Shikoyat va mojaro
Har qanday shikoyat sifatida yoki mahsulotdagi masalada foydalanuvchi mahsulot sahifasidagi "Shikoyat qilish" tugmasi orqali admin panelga xabar yuborishi mumkin. Mojaro 3 ish kunida ko'rib chiqiladi.
10. Shartlarni o'zgartirish
BN ushbu shartlarni bir tomonlama o'zgartirish huquqini o'zida saqlab qoladi. Muhim o'zgarishlar haqida foydalanuvchilar oldindan xabardor qilinadi.
Savollar bo'lsa: t.me/forhumo yoki BNda yordam sahifasi.


